+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 26 Сен 2025
    МУКОФОТЛАР МУБОРАК!
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги фармонига асосан тақдирланганлар орасида вилоятимизнинг бир…
  • 12 Сен 2025
    ИСТИҚЛОЛ БАЙРАМИ БОЛАЖОНЛАРГА ҚУВОНЧ УЛАШДИ
    Аждодларимизнинг азалий орзуси бўлган, баркамол авлоднинг истиқболига айланган Мустақиллик кунини ҳар қанча байрам қилсак арзийди. Халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами - истиқлол айёми жорий…
  • 12 Сен 2025
    АРХЕОЛОГИК ВА МУЗЕЙ ТУРИЗМИ ЯНАДА РИВОЖЛАНАДИ
    Форум Андижон вилояти Марҳамат туманида «Кўҳна Довон сирлари» II археология туризм форуми бўлиб ўтди. Президентимиз топшириғи асосида Марҳамат тумани ҳокимлиги, “Мингтепа-маданий мерос» жамоат фонди, Яҳё…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She`riyat gulshani

VATAN

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining

34 yilligiga bag‘ishlanadi!

 

Yuzlarimni silab o‘tsa shamoling,

Jannatlarga qiyos etgum jamoling,

Oftob vasfida ko‘rayin kamoling,

Bag‘ringda yurmoq bizga saodat, Vatan!

 

Navqiron tog‘laring bunchalar buyuk,

Bepoyon bog‘laring shunchalar suyuk,

Qo‘yningdan ketganlarning ko‘ngli o‘ksik,

Bag‘ringda yurmoq bizga saodat, Vatan!

 

Kim baxtin topdi Vatandan ketib,

Shoh bo‘ldi Bobur Hind eliga yetib,

Sog‘inch azobida baytlarni bitib,

Armon ila yashab unga yeta olmay, Vatan!

 

Oltinlardan qimmat zarra tuprog‘ing,

Ko‘zlarimga to‘tiyodir bayrog‘ing,

Dunyolarni lol aylagay mayog‘ing,

Baxtingni ko‘rmoq bizga saodat, Vatan!

 

Bayramdek o‘tsin har kuning, oning,

Omon bo‘lsin azizgina bu joning,

Senda baxtli yashar qiz-u o‘g‘loning,

Baxting ko‘rmoq bizga saodat, Vatan!

 

Nurli manzil sari borar karvoning,

Karvoningga boshdir oqil sarboning,

Abadiy turgaydir davr-u davroning,

Davron surmoq bizga saodat, Vatan!

 

Sirojiddin BO‘TABOYEV,

Buloqboshi tumani, Do‘lan qishlog‘i.

 

MUSTAQILLIK MUBORAK!

Tonglari  munavvar, go‘zalsan yurtim.

Bag‘ringda mag‘rurdir qorako‘z xalqim.

Senga havas qilar jumla-yu jahon,

Mustaqillik muborak, O‘zbekistonim.

 

Dunyoga  tanildi  qizing, o‘g‘loning,

Futbolchi,  kurashchi  mashhurlaring.

Siz erursiz mening shuhratim, shonim,

Mustaqillik muborak, O‘zbekistonim.

 

Yurtim  bayrog‘in baland  ko‘targan,

Ilmda, san‘atda dunyoni lol etgan.

Har ishda g‘olib g‘urur-u, iftixorim,

Mustaqillik muborak, O‘zbekistonim.

 

Gullarga ko‘milgan bog‘-u bo‘stonim,

She‘r-u  kuylarda, dilda dostonim.

Vatanim, sendursan sharaf-u shonim,

Mustaqillik muborak, O‘zbekistonim.

Mavludaxon YORQULOVA,

Andijon  shahar markaziy  shifoxonasi  katta hamshirasi.

 

MUQADDAS VATAN

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga

 

Har kun tong tilayman: ravon bo‘lsin yo‘llaring,

Bog‘-u rog‘ga aylansin qizilqumdek cho‘llaring,

Bunday zamon bo‘lmagan hozirgacha hech qachon,

Dunyo chetiga yetsin gar uzatsang qo‘llaring.

 

Har jabhada yuksalish, bunyodkordir yoshlaring,

Gavhar kabi bebaho qoyadagi toshlaring,

Har qarichi qimmatli, hatto sahro bo‘lsa-da,

Faqat quvonchdan bo‘lsin ko‘zingdagi yoshlaring.

 

Asakada tayyorlanur tulporlarning tulpori,

Navbat kutib turishar chet elda xaridori,

Oq oltin, qora oltin, kumush tola ham bisyor,

“Kelajak buyuk bo‘lar” - yurtboshimiz shiori.

 

Buxoromizda yashnar Uchquduq-u Zarafshon,

Qaynoq qumlaring osti toza oltinlarga kon,

Dunyoga mashhur bo‘ldi gullar shahri Namangon,

Tinchliging mangu bo‘lsin, nurafshon O‘zbekiston!

Nishonboy BOLTABOYEV,

Qo‘rg‘ontepa tumani.

 

OMONAT DUNYO

Tarannum etmoqqa tarovat yetmas.

Dil kushosi har chog‘ qo‘ldan ketmas.

Hech kimga boylik, mansab kor etmas!

Omonat dunyoda omon bo‘lingiz,

Saodat gulzorida umr yo‘lingiz!

 

G‘urbat istaganga g‘urbatli dunyo,

Fursat istaganga fursatli  dunyo,

Hikmat istaganga bordir nur, ziyo,

Omonat dunyoda omon bo‘lingiz,

Saodat gulzorida umr yo‘lingiz!

 

Kun kelar ushalur dilimda armon,

Kun kelar bog‘imda gullar gulxazon,

So‘ngi iltimosing qalbimga darmon,

Omonat dunyoda omon bo‘lingiz,

Saodat gulzorida umr yo‘lingiz!

 

 

Izlaganim malomatda qoldi netay?!

Boshimni olib qayerlarga men ketay?!

Bu dunyoda muhabbatsiz yolg‘iz o‘tay!

Omonat dunyoda omon bo‘lingiz,

Saodat gulzorida umr yo‘lingiz!

 

Baxtim ham, taxtim ham ortimda qoldi,

Do‘stim dushmanimga aylanib bordi,

Umidim bir umrga so‘ndi yo‘qoldi,

Omonat dunyoda omon bo‘lingiz,

Saodat gulzorida umr yo‘lingiz!

Jaloliddin  XOLISBEKOV,

Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi Buloqboshi tumani inspektori.