+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 24 Апр 2024
    Ишчи гуруҳ фаолияти ва ҳамкорлик янада кучаяди
    Андижонда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикасининг одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик (ОИВ инфекцияси) тарқалишига қарши курашиш бўйича ёшлар…
  • 18 Апр 2024
    Маданий-тарихий ёдгорликлар – ўлмас меросимиз
    Танлов Марҳамат туманида “Буюк тарихимизни ўзида мужассам этган ёдгорликлар - муқаддас меросимиз” мавзусида илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди. 18 апрель - Ёдгорликларни ва тарихий жойларни асраш…
  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

She’riyat gulshani

Bolalikni soG`inib

O’sha tol tagida o’ynagan qizcha,

Tongdan to shomgacha tinim bilmagan.

Tosh otib birovning qiyshiq tomiga,

G`am-anduh neligin bilib bilmagan.

 

Ko’zining sandig’i quvonchga to’la,

Kemachalar yasab, suvga oqizar.

Bugun o’tiribdi suvning bo’yida,

Gul kipriklaridan yoshin tomizar.

 

Chang ko’chaga boqar, ko’rar ko’zlari,

Ko’chani changitar tanti qizaloq.

Momaqaymoqlardan gulchambar yasab,

G`amli yuragini to’zg’itar ko’proq.

 

Alam qilar unga o’smirligi ham,

Hayotda tashvishlar qitiqlar g’amni.

O’ylar: qaytib kelmas nahot bolalik,

Ey dunyo, qaytargin mening kemamni!

Oyshabonu ABDUHALILOVA,

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi

akademik litsey o`quvchisi.

 

Buvim qaribdi

Qarang, qaribdi-ya mehribonginam,

Sochiga oralab oqlar tushibdi.

Tilimda aytmagan shu bitta nolam,

Buvim qaribdi-ya, qaribdi buvim.

 

Ko’ziga ro’zg’orning g’amlari ingan,

Bolam-chaqam, deya bag’ri tilingan,

Arafa oshini doim ilingan,

Buvim qaribdi-ya, qaribdi buvim.

 

Duoga ochilar qadoq qo’llar dam,

Saksonda bo’lsa ham tetik va bardam,

Nuroniy chehrasi farishtaginam,

Buvim qaribdi-ya, qaribdi buvim.

 

Erta tong yuzimdan qochdi tabassum,

Men uni yo’qotdim, yuzlari ma’sum.

Unutib bo’larmi bir nafas, bir zum,

Buvim qaribdi-ya, qaribdi buvim.

 

Dilfuza SOIPOVA,

Qo’rg’ontepa tumanidagi

39-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

Beshafqat dunyo

 

Nahot shuncha beshafqat dunyo,

Deya o’ylab qolaman goho.

Har narsa sen xohlagandekmas,

Orzularing bo’larkan ro’yo.

Yaxshi kishi tortarkan azob,

Yomonni deb hayoti sarob.

Yomon kishi o’ylamas ekan,

Oxiratda berishin javob.

Balki, hayot sinar yaxshini,

Ko’rib uning ezgu ishini.

Sinash uchun qiynamas balkim,

Yomonliklar qilgan kishini.

Dunyo ekan sinovlarga boy,

Shu sababli, ocharkan chiroy.

Yaxshi-yomon odamla birga,

O’tib borar kunlar hamda oy.

 

Mohidil YULDASHEVA,

Oltinko’l tumani.

 

QIZIM, DEYА ERKALAGIN VATAN MENI...

 

Beshigingda allalading ona bo’lib,

Baxtim tilab, duo qilding ota bo’lib,

Yukingni ber, ko’tarayin bola bo’lib,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

 

Kerak emas mol-u dunyo, davlat menga,

Shoh Iskandar qismati chin ibrat menga,

Sodiq farzand bo’lay ikki dunyo senga,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

 

Ko’z yosh to’kma, yurak bag’rim qon bo’ladi,

Kurtak yozgin bir mardingga jon bo’ladi,

Jahon ichra O’zbek sharaf-shon bo’ladi,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

 

O’rganamiz ajdodlar umr yo’lini,

Birgalikda tutib  shu xalqning qo’lini,

Do’st-u dushman ko’rsin biz O’zbek elini,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

 

Osmonlarda xilpiratib yurt bayrog’in,

Medallarga to’ldirib elning quchog’in,

Ajdodlarni yod aylab, yoqib chirog’in,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

 

Minnat qilmay bajaray elning kamini,

Yuragimda ko’taray xalqning g’amini,

Yana bir bor quvontirib Muslimani,

Qizim, deya erkalagin Vatan meni.

Muslima MAMATOXUNOVA,

O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi

1-kurs talabasi.

 

Yurak

Yig’la yurak, yig’la dil,

Alamlarga to’lmagin.

Sensan menga yaqin do’st,

Yashab turgin, o’lmagin.

Yig’la yurak, yig’la dil,

Ko’z-yoshlarga to’lmagin.

Olovlarda qolsam ham,

Sen ustimdan kulmagin.

Yig’la yurak, yig’la dil,

Beshafqatdir bu dunyo.

O’zi kulib boshqani,

Yig’latadi bu dunyo.

Yig’la yurak, yig’la dil,

Ko’rib qo’ysin odamlar.

Ko’z yoshingning sehrini,

Ko’rib qo’ysin nodonlar.

Yig’la yurak. yig’la dil,

Bu dunyodan o’taman.

Bizni eslab yod olgan,

Yaxshilarni kutaman.

Nodirbek MADAMINOV,

Andijon tumani.

 

Hur O’zbekiston

 

Mustaqil diyorim, hur O’zbekiston,

Dovrug’ing tan olgan butun bir jahon.

Farzandlik burchini oqlay, ber imkon,

Jannatday go’zalsan, tengi yo’q makon.

 

Sendan yiroq ketgan devona bo’ldi,

Shoh bo’lib, poyingga parvona bo’ldi.

Umrga senday kim g’amxona bo’ldi,

Sening bag’ringdaman, ko’nglim to’q, Vatan.

 

Har ketgan, qaytishni orzu qiladi,

Qaytadi, tuprog’ing ko’zga suradi.

Senday  yurt topolmas, ular biladi,

Mehri ummon bo’lgan, tengi yo’q vatan.

 

O’zbekiston biz uchun buyuk mukofot,

Vatanni asraylik kelajak avlod.

Birlashib shu yurtni qilaylik obod,

Seni hech kimsaga bergim yo’q, Vatan.

 

 

Dildora MAMARASULOVA,

Asaka tumanidagi

24-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

Go’zal Vatanim

Ozod, obod ona yurtimiz,

Dunyodagi eng go’zal maskan.

Kamolga yetkazgan onamiz -

Jannatmonand O’zbekiston!

 

Baxtli bolaligimning.

Makoni ona shahrim.

Go’zallikda tenggi yo’q,

Andijon - mening faxrim.

 

Vatanim, quchog’ingdan,

Yiroq ketmasman aslo.

Senga ta’zim qilaman,

Sensan dunyoda tanho.

Inobatxon MAMATXOJIYEVA,

Ko’rg’ontepa tumanidagi

 

3-umumta’lim maktabi o’quvchisi.