+0374 223-85-48
Андижон шаҳар, Навоий шоҳкўчаси, 71- уй

Янгиликлар

  • 24 Апр 2024
    Ишчи гуруҳ фаолияти ва ҳамкорлик янада кучаяди
    Андижонда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикасининг одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик (ОИВ инфекцияси) тарқалишига қарши курашиш бўйича ёшлар…
  • 18 Апр 2024
    Маданий-тарихий ёдгорликлар – ўлмас меросимиз
    Танлов Марҳамат туманида “Буюк тарихимизни ўзида мужассам этган ёдгорликлар - муқаддас меросимиз” мавзусида илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди. 18 апрель - Ёдгорликларни ва тарихий жойларни асраш…
  • 30 Нояб 2023
    Банк коррупциядан холи соҳага айланадими?
    Тадбир “Ўзмиллийбанк” АЖ Андижон вилояти бошқармасида бўлиб ўтган “Очиқ эшиклар куни” тадбирида ана шу савол ва коррупцияга қарши курашиш билан боғлиқ қатор масалалар хусусида атрофлича…
Газетамизнинг янги сони сизга манзурми?
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
  • Ovozlar: (0%)
Jami ovozlar:
Birinchi ovoz:
Oxirgi ovoz:

SHE`RIYAT GULSHANI

TILAK

Ko’z tegmasin tinchlikka,

To’qlik, salomatlikka.

Dunyo chiroyli bo’lsin,

Olam nurlarga to’lsin.

 

Hech ham urush bo’lmasin,

Hech kim azob ko’rmasin.

Chaqaloqlar - bolalar,

Doim o’ynab, quvnasin.

 

Tariximiz o’lmasin,

Dushman ko’ngli to’lmasin.

Ko’z tegmasin elimga,

Ilhom kelsin dilimga.

Inobatxon MAMADXOJIYEVA,

Qo’rg’ontepa tumanidagi

3-umumta’lim maktabi o’quvchisi.

 

Volidangni avayla

Ona aziz, mo’’tabar,

Mehr berar dilbandga.

U - sadoqat timsoli,

Umr so’rar farzandga.

 

Volidangni avayla,

Nadomat qilmay turib.

Tarbiya qilgan seni,

Chiroyli ulg’aytirib.

 

Unutma, boshingga qo’y,

Kulsa baxting quyoshi.

Ona pok qalbimizning,

Bir umrlik yo’ldoshi.

 

Gullola RAHMONALIYEVA,

Jalaquduq tumani.

 

 

Jaholatga qarshi kurashib yasha

Jaholat yo’liga kirmasdan turib,

Ma’rifat yo’lida yuzma-yuz yurib.

Adashgan insonni u yo’ldan burib,

Jaholatga qarshi kurashib yasha!

 

Hushyor bo’l, ogoh bo’l, jaholatdan qoch,

Yomon yo’ldan qaytgin, ko’zlaringni och.

Ma’rifat ziyosin har yerda sen soch,

Jaholatga qarshi kurashib yasha!

 

Ajdodlarimizning ruhi bo’lsin shod,

Yosh avlod tufayli yurt bo’lar obod.

Jaholat tugasin, bo’lsinda barbod,

Jaholatga qarshi kurashib yasha!

 

Yurtimizda shuncha o’zgarish, qara,

Qancha sharoitlar, seniki marra.

Hech bo’lmasa, do’stim sen shunga yara,

Jaholatga qarshi kurashib yasha!

 

Nodirabegim SOTVOLDIYEVA,

Qo’rg’ontepa tumani.

 

Onajonim

Men uchun olamda tengi yo’q inson,

Hayotimga ma’no berguvchi ilhom.

Yaratganning o’zi baxsh etgan in’om,

Siz uchun jamiki izzatu ikrom.

 

Siz mening farishtam, onajonimsiz,

Yolg’izim, yagonam, mehribonimsiz.

Allangizni eslash mushkuldir ammo,

Yodimda singlimga aytgan allangiz.

 

Sizsiz-dunyodagi eng go’zal mohtob,

Mening osmonimda porlagan oftob.

Siz mening farishtam, onajonimsiz,

Yolg’izim, yagonam, mehribonimsiz.

Nasibaxon IBROHIMOVA,

Andijon shahri.

 

Onam baxtli bo’lmog’i kerak

Nega osmon faryod chekmaysan,

Qara, onam ko’zlarida yosh.

Mendagi bu yurak yurakmas,

Otsang sinmas, bo’lib qolgan tosh.

 

Xazon bo’lib qolgan g’unchalar,

Ey Ollohim, sendan iltimos.

To’xta umr bir daqiqaga,

Ko’z yoshlarin artaman xolos.

 

Sochlarida oq farishtalar,

Men deb qalbi ozor chekkanda.

Uzoqlarga ketganman tashlab,

Sog’inch ila rayhon ekkanda.

 

Yosh qiz edim, yig’lab kelsam gar,

Ovutardi qo’limdan tutib.

Endi yana bedor tunlari,

Kechalari yo’llarim kutib.

 

Ne kun bugun, to’xtagin, hayhot!

Ortiq bardosh berolmas yurak.

Yur, ketamiz armon uzoqlab,

Onam baxtli bo’lmog’i kerak.

 

Muhayyo FARHOD qizi

 

Mehringiz oldida oftob ham shamdek...

Quyoshim, desam sizni tuyular kamdek,

Mehringiz oldida oftob ham shamdek.

Kamu-ko’st, armon ne, bilmadim ko’z yosh,

Baxtiyor ulg’aydim, halol yedim osh.

 

Tog’imsiz, suyanchiq bo’lib har lahza,

Qiynalsam qalbingiz bo’ladi larza.

Qalqonimsiz, meni har on asrovchi,

Yo’lboshchimsiz, to’g’ri yo’lga boshlovchi.

 

Har on porlaguvchi yulduzingiz bo’lay,

Faxringiz, iftixor, g’ururingiz bo’lay.

Zulfiyaning nurli izidan yurib,

Sizni baxtiyor etib, oy kabi to’lay.

 

Yulduzxon RAVSHANBEKOVA,

Jalaquduq tumani.

 

Sizlarni sog’indim, sinfdoshlarim!

Axil bo’lib hammamiz o’qidik birga,

Gohida kulishdim, goho urishdim.

Karantin paytida yetib qadrizga,

Sizlarni sog’indim sinfdoshlarim.

 

Bolalik bahori o’tdi siz bilan,

Nolishlar, janjallar, shirin so’z bilan.

Bir kun ko’rishamiz yorug’ yuz bilan,

Sizlarni sog’indim sinfdoshlarim.

 

Qalbimning to’ridan egallagan joy,

Aziz dugonalar, yuzlari shirmoy,

Meni sog’inyapsiz siz ham hoynahoy,

Sizlarni sog’indim sinfdoshlarim.

 

Sizga aytsam, maktabning boriga shukr,

Do’stu yaqinlarim diydoriga shukr.

Eslasam, bo’g’zimga kelar yoshlarim,

Sizlarni sog’indim sinfdoshlarim.

 Gullola SHERBOYEVA,

Izboskan tumani.

 

Yo’lga chiqdim...

Yo’lga chiqdim, kutib ol, hayot,

Ketyapman bag’ringga, nurlar tergani.

Eng oniy onlarning oliy lahzasin,

Qalbdagi nasimla bezab qaytgani.

Quchog’ing to’ldirib ketaman qo’rqma,

Bir kun qaytish bordir baribir Haqqa.

Sening ko’ksingdagi olmoslaringni,

Tanitib ketaman bir bedor xalqqa.

Yo’lga chiqdim, olismi, qisqa,

So’zlaydi qismatga bitganin falak.

Bilaman, huv qizil botayotgan ishq,

Chorlayotir oxir yetgayman ufqqa.

Kutib olasanmi, ayt menga, hayot?,

Tunlarga bosh qo’yib uxlagim bordir.

Bilaman, kunlarning ko’zida yongan,

Bir dard bor o’sha dard bo’ynimga dordir.

Ketayapman...

Men yo’lga chiqdim...

Yelkalab olganman bir dunyo sabr,

Senga kelmoqlik hech bo’lmadi oson,

Mendan ketib menda topsayding qadr..!

 

Mohlaroyim YULDASHXO’JAYEVA,

Izboskan tumani.

 

Yoshlarimiz yashasinlar bag’ri butun

Vatan uchun jonin fido etganlarni,

Duo qildim, oxirati obod bo’lsin.

Shahid bo’lib rost dunyoga ketganlarni,

Ul muborak qabrlari nurga to’lsin.

 

Ona yurtning tuprog’ini aziz bilib,

Jang maydondan aslo ortga qaytmadilar.

Hatto sovuq, ochlikka ham sabr qilib,

Vatan sirin dushmanlarga aytmadilar.

 

Dovyuraklar, elning mardu maydonlari,

Siz borsizki urush aslo bo’lmagaydir.

Mard jangchilar xotirasi hech o’chmagay,

Yurtning asl o’g’lonlari o’lmagaydir.

 

Xotirani yodga olgan xalqim uchun,

Ta’zimdaman birodarlar, men ushbu kun.

Tilaklari shudir, biling, men G’ofurning,

Yoshlarimiz yashasinlar bag’ri butun.

G’ofur ABUBAKIROV,

bog’bon, Andijon tumani.

 

Yoz

Go’zal tusga kiradi,

O’t-o’lan maysazorim.

Ijod qilgim keladi,

Yozayin dilda borim.

 

Anjir, olma pishmoqda,

Nok, olxo’ri to’kilib.

Bobodehqon hosili,

Bo’ldi yerga egilib.

 

-Hamsoyaga beraylik!,

-Deydi onam ilinib.

Barakaning sababi

Turar shundoq bilinib.

 

Boriga shukr qilib,

Yo’qda sabr etaylik.

Yana ko’plab yozlarga,

O’ynab-kulib yetaylik.

 

Dilbaroy TURSUNOVA,

Jalaquduq tumani.

 

SO’NGGI SO’Z

Xayr, ko’rishmasmiz endi biz boshqa,

So’ngi bor boshingiz ko’ksimga qo’ydim.

Sochingiz yoyilib ketar to’lqinday,

Unda yot qo’llarning isini tuydim.

 

Meni azoblamang, ixtiyor sizda,

Oy boring va qaytmang aslo men tomon.

Yuragimni tilmang endi, azizam,

Xiyonat xanjarin zarblari yomon.

 

Men yomon bo’ldimmi, shudir bor-yo’g’im,

O’shal yaxshingizni ko’rarmiz hali.

Osmonlarda uchib yuribsiz. Ammo,

Yerga qo’nmoqning ham keladi gali!

 

Karimjon IKROMOV,

Muhammad Yusuf ijod maktabi bitiruvchisi.

 

    O’TINCh

Garchi ko’zlarimdan tomchilasa yosh,

Sizni unutmoqqa yetmasa bardosh.

Yig’ladim, o’kindim, ammo topmadim,

Endi porlarmikan boshimda quyosh.

 

Panohim edingiz yonimda har dam,

Charchadim dunyoning yolg’onlaridan.

Yig’ladim, kechiring, yana yig’ladim,

Endi kelmaydi, deb yonimga otam.

 

Dadajon, yig’loqi qizni kechiring,

Yurak og’rig’i-yu, dardin o’chiring.

Faqatgina sizdan bitta o’tinchim,

Sog’indim, bir bora tushimga kiring!

Gulbora KAMOLOVA,

 

Oltinko’l tumani.